Soha yangiliklari

TATUda Huawei kompaniyasi iste’dodli talabalarga noyob imkoniyatni taqdim etdi

23 may kuni Huawei kompaniyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda har yilgi “Seeds for the Future” loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Besh yildan buyon Huawei O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirib kelmoqda, har yili ushbu universitet talabalari Huawei kompaniyasining bosh qarorgohida o‘tkaziladigan treninglarda qatnashmoqdalar.

TATU bilan hamkorlikda Huawei “Seeds for the Future” loyihasi uchun 2019 yilning 31-mayidan 15-iyuniga qadar Xitoyda stajirovka o‘taydigan 10 nafar iqtidorli talabani aniqladi. Stajirovka davomida talabalarga Huawei kompaniyasining innovatsion texnologiyalari namoyish qilinadi va 5G tarmog‘ini o‘rganish, IoT yechimlar, bulutli texnologiyalar, Big data (katta hajmdagi ma’lumotlar) bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Huawei kompaniyasining aksariyat muhandislari va mutaxassislari mazkur universitet bitiruvchilaridir. Mana bir necha yildan beri, iste’dodli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida kompaniya mazkur ta’lim dargohidagi yosh olimlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, “Seeds for the Future” loyihasi – sayyoramizdagi 350 ta yetakchi OTMlarni o‘z ichiga olgan global ta’lim dasturi. Dasturga 2008 yilda asos solingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida jahonning 125 ta davlati va mintaqalaridan 40 000 nafar inson unda qatnashgan, 4725 nafar ishtirokchiga esa Xitoyda stajirovka o‘tash imkoniyati taqdim etilgan.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang