"EMMM" DUK yangiliklari

Konstitutsiя – farovon hayotimiz poydevori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Elektromagnit moslashuv xizmati”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Xizmatda ma‘naviyat va ma‘rifat ishlari bo‘yicha mas‘ul xodim A.Shimbergenov davra suhbati ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va uning tarixiy ahamiyati haqida kengroq ma‘lumot berib o‘tdi. Bosh qomusimizning davlat va jamiyat boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta‘minlash, islohotlarni amalga oshirishdagi, shuningdek, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi roli haqida ma’ruza qildi.

Davra suhbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Elektromagnit moslashuv xizmati” boshlig‘i I.Reimov har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanishi, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e‘tirof etdi.

Konstitutsiyamiz xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tomonidan e‘tirof etilganligi esa davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirmoqda va mustahkamlamoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Bosh Qomusimiz “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish”ning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Asosiy maqsad esa xodimlarga hayotimiz qomusining mazmun-mohiyatini yanada terang anglashlariga ko‘maklashishdan iboratdir.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati 1-toifali radiooperatori A.Matyakubov

Faylni tanlang