EMMM yangiliklari

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”

2024-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan davra suhbati tashkil etildi. Unda Jizzax shahar Adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti A.S.Muxtarov va viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining inson huquq va erkinliklarini kafolatlash, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda tutgan o‘rni yuzasidan fikrlar bildirildi. Tadbir davomida Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, unda belgilangan huquqlar, erkinliklar, fuqarolar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, Konstitutsiya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Konstitutsiya har bir fuqaroning huquq va majburiyatlarini aniqlab beruvchi asosiy hujjat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va Konstitutsiyaning xalqimiz hayotidagi ahamiyatini yanada teranroq anglashga xizmat qildi.

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi     X.A.Israilov

Faylni tanlang