EMMM yangiliklari

Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Joriy yilning 4-dekabr kuni “EMMM” DUKda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur ma’rifiy tadbirda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari faol ishtirok etishdi.

photo2025-12-1010-27-18.jpg

Tadbirni “EMMM” DUK boshlig‘ining o‘rinbosari A. Xashimxodjayev olib bordi. O‘z so‘zida u Konstitutsiyaning mamlakat taraqqiyoti va jamiyat barqarorligidagi tutgan o‘rnini alohida eʼtirof etib, shunday taʼkidladi:

 “Konstitutsiya — davlatimiz mustaqilligi, fuqarolarimiz tinchligi va erkin hayotining mustahkam huquqiy poydevoridir. Unda inson qadri oliy mezon sifatida belgilangan. Bugungi islohotlar ham ana shu g‘oyaga asoslanadi,” — dedi u.

photo2025-12-1010-27-25.jpg

U inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, imkoniyatlar tengligini yaratish borasida Konstitutsiyaning amaliy ahamiyatini alohida qayd etdi.

A. Xashimxodjayev so‘zida shuningdek, Har bir xodim o‘z faoliyatida qonuniylik, halollik, mas’uliyat va Vatanga sadoqat tamoyillariga tayangan holda ishlashi kerakligini ta’kidladi. Zero, Konstitutsiya nafaqat davlat huquqiy asosidir, balki har bir fuqaroning hayot yo‘riqnomasi, or-nomusi va sha’ni himoyasidir.

Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, unda belgilangan tamoyillarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Korxona xodimlari yurtimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar, inson huquqlariga e’tibor va adolat prinsiplari yuksak qadrlanishini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tishdi.

photo2025-12-1010-27-29.jpg

Tadbir so‘ngida A. Xashimxodjayev barcha ishtirokchilarni Konstitutsiya kuni bilan samimiy tabrikladi. U o‘z tabrik so‘zida:

“Konstitutsiyamiz biz uchun bebaho qadriyat, milliy g‘urur va davlat mustaqilligining muhim timsolidir. Har birimiz uning normalariga hurmat bilan yondashib, hayotimizda amalda qo‘llashimiz lozim. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!” — deya tabrikladi.

photo2025-12-1010-27-34.jpg

Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan barcha xodimlarga mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik, mas’uliyat va yuksak samaradorlik tilandi.

Faylni tanlang