EMMM yangiliklari

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”

5-dekabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Yusupov Nodir Abdujalilovich o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.

Tadbirda yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston-2030“ strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Faylni tanlang