Soha yangiliklari

Koreya Respublikasiga IT autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 8-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreyaning “Hanjin Information Systems & Telecommunication Co. Ltd.” rahbariyati hamda Inha universiteti tadqiqot va biznes jamg‘armasi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Uchrashuvda O‘zbekistonda IT bozori va infratuzilmasini o‘rganish, IT Park imtiyozlari va Korea Respublikasidagi IT kompaniyalarning BPO yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida ikki tomonlama istiqbolli hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  Shuningdek, yoshlarni IT ta’limga ko‘proq e'tibor qaratish, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarini amaliyotga kengroq jalb etish hamda ularni Koreyadagi Inha universitetida amaliyot o‘tashlari uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.  
Faylni tanlang