"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya taraqqiyot zavoli!

2023-yil 8-iyun kuni Xorazm viloyati EMMX muhandis-texnik xodimlari va IIO FMB 4-sonli IIB  profilaktika inspektori kapitan R.Rustamov ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot zavoli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-trening mobaynida EMMX xodimlariga korrupsiya haqida atroflicha tushunchalar berilib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Korrupsiya bu (lot. Corruptio-buzish, sotib olish) ma’nolarini bildirib, odatda mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan mansab vakolatlari va huquqlaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab jamiyatda qabul qilingan qonun va qoidalarga zid ravishda foydalanishiga aytiladi. Shu sababli O‘zbekiston Respubikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ 419-sonli qonuni qabul qilingan. Ushbu qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashishni huquqiy mexanizmlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida ushbu qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi” tashkil qilingan. Korrupsiya ko‘proq avtoritar, diktatorlik mavjud bo‘lgan davlatlarda ildiz otgan bo‘lib, ushbu davlatlarning rivojlanishiga katta to‘siq bo‘ladi.

Korrupsiya mamlakat rivojiga, samarali davlat boshqaruviga tahdid soladi. Demokratiya va inson huquqlariga, qonun ustuvorligiga tahdid solib, jamiyatning ahloqiy meyorlarini izdan chiqaradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquq-tartibot organlarining vazifasi bo‘lib qolmay yurtimizdagi har bir fuqaroning burchidir.

 Xorazm viloyati EMMX muhandis-texnik xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining ish faoliyati va vakolatlari bilan tanishtirildi.

 

 

 

 

 

Xorazm viloyati EMMX 2-toifali muhandisi:                                          A.Palyozov

 

Faylni tanlang