Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 24-iyun kuni Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Korrupsiya-xavfli illat” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarida Namangan shahar IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori, kapitan T.T.Djabbarov ishtirok etdi. U so‘zga chiqib xizmatimiz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘gʻrisida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni hamda mamlakatimizda davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyani oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, davlat xizmatchilari uchun tashkil etilayotgan ijtimoiy ta’minot hamda korrupsiya jinoyatiga belgilangan jazo va uning oqibatlarini alohida tushintirib o‘tdi.