"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYА – TARAQQIYOT KUSHANDASI

Korrupsion harakatlarga barham berish maqsadida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va bu sohadagi qonun hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar va ularning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan joriy yilning 27-noyabr sanasida Jizzax viloyati EMMX xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Suhbatda, Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Shudan kеlib chiqib, 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi O‘zbеkiston Rеspublikasining Qonuni qabul qilinib, mazkur Qonuning 3-moddasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta’rif bеrilganligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot bеradi. 

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chеk qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon bеruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. 

Suhbat so‘nggida barcha xodimlarning korrupsiya illatiga qarshi kurashish va oqibatlarining oldini olishga qaratilgan fikr va mulohazalari tinglandi.

 

 

Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi     B.B.Raximov

Faylni tanlang