"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya-davlatimiz rivojiga to‘siq

Joriy yilning 30-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “Korrupsiya-davlatimiz rivojiga to‘siq” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati boshligʻi I.Reimov korrupsiya o‘zi nima, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, davlatimiz hamda korxonamiz rivojiga yetkazadigan zararlari haqida tushunchalar berdi.

 

 

 

Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy ravishda proflaktik tadbirlar, seminar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinayotganligini, qolaversa korxonamiz tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar elektron tizimga o‘tilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilayotganligini ta’kidlab oʻtdi.

Seminar mobaynida korrupsiyani yuzaga keltiruvchi holatlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiya holati natijasida yuzaga keladigan jinoyatlar oqibati, belgilangan jazo va choralar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, korxonamizda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni kuchaytirish, ushbu illatga qarshi kurashishda ijtimoiy faollikni oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-darajali radiooperatori  A.Shimbergenov

Faylni tanlang