"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya – umr zavoli

2022-yil 24-noyabr kuni “EMMM” DUKning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining bajarilishini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyati Prokuraturasi “Uyushgan jinoyatchilik, korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimi alohida muhim ishlar katta tergovchisi Raimdjanov Ravshan Turgʻunjanovich hamda Fargʻona viloyati EMMX xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yoʻnalishida koʻnikmalarini oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tanishtirib oʻtildi.

Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX muhandisi Mirzamaxmudov N.

Faylni tanlang