"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYA —BU DAVLATNI TANAZULGA OLIB KELUVCHI OMIL.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat zamirida siyosiy va iqtisodiy islohotlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Xalqimiz va jamiyatimiz manfaatini ko‘zlab olib borilayotgan jarayonlarga ko‘rinmas to‘siq bo‘lib turgan korrupsiya jamiyat rivojiga salbiy ta’sir etishi o‘z isbotini topgan. Davlat rahbari va hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoni bunga misol bo‘la oladi. Bu farmonning ahamiyati shundaki, raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda davlat xaridlari, transport vositalariga davlat raqami belgilarini berish, notarial va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, yo‘l harakati, davlat imtixonlari kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda. Raqamli texnologiyalar joriy etilishi bilan davlat imtixonlari, turli oldi-sotdi operatsiyalari, jumladan mol-mulk, xom-ashyo va xattoki bazi xizmat koʻrsatish faoliyatlari ham inson omili aralashmagan holda amalga oshirilmoqda. Bu esa oʻz navbatida korrupsiya holatlarining kamayishiga samarali yordam beradi. Bu amaliyotlar korrupsiyani to‘liq yo‘q qila olmasada, yetarli darajada qisqartira oladi. Misol-uchun, bank yoki davlat xizmatlariga navbatda turganda tanish-bilishlar navbatsiz kirib ketar edi, hozirda elektron navbat joriy qilingandan so‘ng, navbatda turishlar tartibga tushdi. Korrupsiyaga chek qo‘yishda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tizimlar joriy etish va inson omili ishtirok etmasligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX radiomonitoring muhandisi Atadjanov Q.X.

Faylni tanlang