"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya – bu taraqqiyotimiz uchun to‘siq

Butun dunyo bo‘yicha korrupsiya mamlakatlar taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Uning eng kichik ko‘rinishlari ham asta-sekinlik bilan rivojlanish jarayonlariga salbiy ta’sir etib jamiyatning turmush farovonligi pasayishiga olib kelishi muqarrardir.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, davlatlarning siyosiy va iqtisodiy institutlari qanday ishlashi, tashkiliy tuzilishi, boy yoki qashshoqligidan qat’iy nazar korrupsiya barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

 

Korrupsion holatlarni tadqiq qilgan bir qator mutaxassislar quyidagi omillarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy sabablar sifatida ko‘rsatadi:

  • ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z xohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi;

  • aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi;

  • mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari;

  • ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi;

  • iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;

  • aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurash jamiyatdagi har bir fuqaroning vazifasi hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining befarqligi va bu borada yetarlicha huquqiy ongning shakllanmaganligi bu zararli illatning yanada chuqur ildiz otishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, mamlakatimizning ravnaqiga hissa qo‘shishni eng avvalo biz o‘zimizni yaxshi tomonga o‘zgartirishdan boshlashimiz lozim.

Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tarmoq muhandisi A.A. Qudratov

Faylni tanlang