"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, 2022-yilning 26-dekabr kuni Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ham “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyani oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, davlat xizmatchilari uchun tashkil etilayotgan ijtimoiy ta’minot hamda korrupsiya jinoyatiga belgilangan jazo va uning oqibatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

O‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan davra suhbatida jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash va unga o‘z vaqtida chek qo‘yish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi dolzarb vazifa ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo har bir xodimda halollik immunitetini oshirib va bu bilan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz kurashish lozimligi, davlatimiz rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga barcha xodimlar o‘zining Vatanga sadoqati hamda halol va pok mehnati bilan javob qaytarishi lozimligi ta’kidlandi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo‘llash samarali hisoblanmaydi, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyatning o‘zaro jipsligi talab etiladi. Zero, bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar fuqarolar tomonidan ham faollik ko‘rsatilsagina, ko‘zlangan natijani berishi mumkin. Shunday ekan korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz, barchamiz birga harakat qilmog‘imiz zarur.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX radiooperatori O.B.Tursunov

 

Faylni tanlang