"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya – kelajakka tahdid

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishni anglatadi.

 

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda.

Korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash zarur. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda har bir sohada inson omilisiz onlayn dasturlarni qo‘llash zarur bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi mustahkamlanishi, har bir fuqaroning o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan ado etishini talab etib, bu mamlakatimizda sog‘lom muhit qaror topishiga va jamiyat taraqiyotiga xizmat qiladi.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang