"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYА – JAMIYAT TARAQQIYOTINING KUSHANDASI

2025-yilning 18-fevral sanasida Jizzax viloyati EMMX binosida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot shu’basi boshlig‘i Sh.Sulaymonov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

bvcbcvbnnn1000x750.jpg

Ma’ruzachi davra suhbatida Korrupsiya illatiga qarshi kurashish va oqibatlarining oldini olishda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, targ‘ibot tadbirlari haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birgalikda bugungi kunda jamiyatda va insonlar orasida sodir bo‘layotgan korrupsion harakatlar ya’ni, pora olish, pora berishga urinish hamda firibgarlik va bosqinchilik kabi illatlar va ularni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Bu kabi illatlar keltirib chiqayotgan oqibatlar va ularga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan tadbirlar, jazo choralari to‘g‘risida fikrlar bildirdi. 

cvbdfgdf1000x750.jpg

Korrupsion harakatlarga barham berish maqsadida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va ularning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

 

Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi     B.B.Raximov

Faylni tanlang