"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya jamiyatning tanazzuli

2023-yil 20-noyabr kuni “EMMM” DUKning 2023-yil 14-aprelda tasdiqlangan “EMMM” DUKning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat Xavfsizlik Xizmati Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari hamda Fargʻona viloyati EMMX xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasi, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tanishtirib oʻtildi.

Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX   muhandisi Mirzamaxmudov N.

Faylni tanlang