EMMM yangiliklari

Korrupsiya – taraqqiyot dushmani

Bu illatga qarshi kurash barchamizning burchimiz!

Yurt ravnaqi, xalq farovonligi, adolatli jamiyat qurish deganda, avvalo, halollik va pokizalik tamoyillari ko‘z oldimizga keladi. Ana shu ezgu g‘oyani hayotga tadbiq etishda korrupsiya deb atalmish illatga qarshi kurashish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Shu ma’noda, “EMMM” DUKning 2025-yil uchun tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga muvofiq, joriy yilning 14-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida "Korrupsiya - taraqqiyotga to‘siq!" mavzusi ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini xizmat boshlig‘i I.Reimov olib bordi va korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat huquqiy choralar bilan cheklanib qolmasdan, balki ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, keng jamoatchilikni faol jalb etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

photo2025-07-1417-55-24.jpg

Suhbat ishtirokchilari tomonidan korrupsiya nafaqat iqtisodiy inqirozga, balki ijtimoiy adolatning izdan chiqishiga ham sabab bo‘lishi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro fikr almashar ekan, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhim ekanligiga alohida urg‘u qaratdilar. Xususan, yosh avlodning tarbiyasida bu masalaga jiddiy e’tibor berish, ularda halollik, vijdon va adolat tuyg‘ularini mustahkamlash lozimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi birlashish, o‘z huquqiy bilimlarini oshirish hamda bu borada mas’uliyatli fuqaro bo‘lish lozimligi haqida yakdil fikr bildirishdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 2-toifali muhandisi    M.Ismailova 

Faylni tanlang