EMMM yangiliklari

Korrupsiya va kiberxavflarga qarshi hushyorlik — davr talabi

Bugungi kunda jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda huquqiy savodxonlikni oshirish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish hamda zamonaviy xavf-xatarlar haqida yetarli bilimga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda 14-sentabr kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirokida korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

Unda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori B.Z. Jumanazarov tomonidan mavzu yuzasidan atroflicha fikr va tavsiyalar bildirildi.

photo2026-09-1511-07-59.jpg

O‘quv mashg‘ulotida davomida korrupsiyaning jamiyat hayotiga ta’siri, uning turli ko‘rinishlari va bunday holatlarning oldini olishda qonunchilik talablariga rioya etishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Korrupsiya nafaqat davlat va jamiyat boshqaruviga, balki fuqarolarning qonuniy manfaatlari hamda teng imkoniyatlar tamoyiliga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Shuningdek, tadbir davomida kiberjinoyatchilikning bugungi kundagi dolzarb ko‘rinishlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Xususan, mobil qurilmalarga turli messenjerlar va internet manbalari orqali yuboriladigan noma’lum APK fayllar xavfli bo‘lishi mumkinligi, ularni o‘rnatish natijasida shaxsiy ma’lumotlar, bank kartalari va akkauntlarga oid ma’lumotlar kiberjinoyatchilar qo‘liga tushishi ehtimoli borligi tushuntirildi.

Shu sababli mobil qurilmaga kelgan noma’lum APK fayllarni o‘rnatmaslik, shubhali havolalarga kirmaslik va dasturlarni faqat ishonchli manbalardan yuklab olish tavsiya etildi. Bunday xavflarning oldini olishda “APK Qo‘riqchi” ilovasidan foydalanish ham muhim himoya choralaridan biri sifatida qayd etildi. Mazkur ilova orqali foydalanuvchilar zararli yoki shubhali APK fayllarni aniqlash va ularni o‘rnatishdan avval xavfsizlik nuqtayi nazaridan tekshirish imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, korrupsiya va kiberjinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, raqamli xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang