"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!

Navoiy viloyati EMMXda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha, tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 22-iyul kuni Navoiy viloyati EMMX xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni haqida ma’lumot berilib, mazkur qonun 6 bob, 34 ta moddadan iboratligi, u – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.