
Mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda har bir sohada ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ishbilarmonlik muhitini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, inson huquqlarini himoya qilish, ma’muriy hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Korrupsiya - dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri bo‘lib, har qanday davlat va jamiyatning rivojlanishiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu bois unga qarshi kurash muhim masalalar qatoridan joy olgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashda qabul qilingan qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar va keng qamrovli manzilli dastur, rejalar turibdi.
Elektromagnit moslashuv markazining Korrupsiyaga qarshi kurash va Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘yicha “YO‘L XARITA”si ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatga asosan Sirdaryo viloyati EMMXda 2026-yil uchun o‘quv mashg‘ulotlar rejasi ishlab chiqilgan.
Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan mazkur yo‘nalishda bilim ko‘nikmalarini yanada oshirib borish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash har birimizning burchimizdir.
Sirdaryo viloyati EMMX
1-toifali muhandisi B.Xidirov