"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH CHORALARI

Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etilishi davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

photo2025-11-1414-53-27.jpg

Korrupsiya-davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 

Ma’lumki, uzoq yillar davomida mamlakatimizda korrupsiya mavzusi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik orasida eng kam muhokama qilingan mavzulardan biri edi.

2016-yilda bu borada o‘ziga xos siljishlar yuz berdi. Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinishi aksariyat odamlar va hattoki ekspert-mutaxassislar uchun ham kutilmagan qadam edi. Vaholanki, biz bugun ko‘rmoqdamiz-ki, bu chuqur va puxta o‘ylangan, katta siyosiy iroda asosida qabul qilingan strategik qaror bo‘lgan.

Hozirda to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan siyosiy-huquqiy hujjatlar, ma’muriy islohotlar va “inson omili”ni kamaytirishga qaratilgan “raqamlashtirish” jarayonlari misolida ko‘rish mumkin.

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya nafaqat davlatning yoki jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun, balki har bir shaxsning hayotiga bo‘lgan xavfdir. Zero, har bir davlatning taraqqiyoti avvalo inson kapitali bilan uzviy bog‘liq. Shu ma’noda, davlat taraqqiyoti va korrupsiyaga qarshi kurashish — alohida qutblar emas, balki manfaatlar uyg‘un bo‘lgan doimiy tarzda kesishuvchan va o‘zaro to‘ldiruvchan nuqtalardir.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha “EMMM” DUKning normativ-huquqiy hujjatlari asosida Sirdaryo viloyati EMMX tomonidan tashkiliy amaliy ishlar olib borilib, xodimlarga o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar. 

Davlat va jamiyat, shu bilan birga nodavlat notijorat tashkilotlari bunday salbiy holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashda birgalikdagi harakati bilan ijobiy natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi.

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Xidirov B.I.

Faylni tanlang