Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida 25-noyabr kuni xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildi. Ushbu davra suhbatining asosiy maqsadi - xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirish, halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash hamda tizimda korrupsiyaga oid har qanday holatlarning oldini olishdan iboratdir.

Tadbir davomida korrupsiyaning bugungi kunda nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga ham jiddiy zarar yetkazayotgani ta’kidlanib. Shuningdek, korrupsiyaning davlat rivoji, xalq farovonligi va tizim samaradorligiga salbiy ta’siri misollar orqali yoritib berildi.

Davra suhbati yakunida barcha xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini ado etishda halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligi alohida qayd etildi. Korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina nazorat va huquq-tartibot idoralari zimmasidagi vazifa emasligi, balki jamiyatning har bir a’zosi ushbu jarayonda faol ishtirok etishi lozimligi ham ta’kidlandi.

Bunday davra suhbatlari muntazam o‘tkazilib borilishi xodimlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik ruhini kuchaytiradi, halol, shaffof va adolatli tizimni shakllantirishga, sog‘lom muhitni yaratishga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda umumiy rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov