2025-yil 1-dekabr kuni Fargʻona viloyati EMMX xodimlari hamda Farg‘ona viloyati Yuridik texnikumi 1-darajali yuristi A.A.Ergashev hamda maxsus fan o‘qituvchisi 2-darajali yurist F.U.Mirjavxarovalar bilan birga “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


Davra suhbatida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan yangiliklar va qabul qilingan asosiy hujjatlar tanishtirildi. 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni va 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Prezident Farmoni korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini mustahkamlash, shaffoflikni oshirish va davlat xizmatining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu hujjatlar, shuningdek, davlat xizmatchilarining faoliyatini yanada aniq va ochiq qilishga xizmat qiladi.

Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh.Sadixanov.