EMMM yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning mart oyida Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan Farmon va Qarorlarning mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha seminar trening o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashg‘ulotlarini Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi. Jumladan, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bosh yuristkonsulti Sh.Razzakov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200 sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida xodimlar bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda va korrupsiyaga qarshi kurash har bir fuqaroning burchi ekanligi uqtirib kelinmoqda. 

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang