EMMM yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-dekabr kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarini Xorazm viloyati Urganch shahar Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi B.Yusupov va bosh yuristkonsult I.Axmedovlar tomonidan o‘tkazildi.

O‘quv seminari davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  Qonunining mazmun-mohiyati haqida hamda mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berilganligi va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tartibga solinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asosi yaratilganligi bo‘yicha tushunchalar berildi. 

Davra suhbati tarzida o‘tkazilgan o‘quv seminari davomida ishtirokchilar  korrupsiyaning zararli ta’siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha hamda uni oldini olishda jamiyatdagi fuqarolar ro‘lining ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

dssdfsdfsf1000x750.jpeg

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang