EMMM yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27 iyun kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzu yuzasidan Xorazm viloyati Urganch shahar IIB profilaktika katta inspektori B.Z.Jumanazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 

3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonunining mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

photo2025-06-3016-48-33.jpg

Davra suhbati ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan o‘quv soatida ishtirokchilarni o‘zini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida xodimlar bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda va korrupsiyaga qarshi kurash har bir fuqaroning burchi ekanligi uqtirib kelinmoqda. 

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang