Joriy yilning 30 sentabr kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Mavzu yuzasidan Xorazm viloyati IIB xodimi kapitan M.R.Sadullayev tomonidan korrupsiya va uning zararli oqibatlari natijasida yuzaga keladigan holatlari hamda manfaatlar to‘qnashuvining jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillari haqida aytib o‘tildi.
Davra suhbati ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan o‘quv soatida ishtirokchilarni o‘zini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida xodimlar bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda va korrupsiyaga qarshi kurash har bir fuqaroning burchi ekanligi uqtirib kelinmoqda.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev