Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda davlat va jamiyat taraqqiyoti, fuqarolarning davlat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchi hamda har bir tashkilotning obro‘sini belgilovchi muhim omillardan biridir.
2026-yil 16-oktabrda Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik va yuksak mas’uliyat mezoni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini bajarishda xolislik va adolat tamoyillariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xodimlarning xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat hujjatlari va texnik xulosalarni haqqoniy rasmiylashtirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish hamda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Halollik, qonuniylik va mas’uliyat — samarali faoliyat hamda jamoatchilik ishonchining muhim asosidir.
Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandis M.Jumayev