"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishni anglatadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.

Hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari, har bir fuqaroning o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga undaydi.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang