2023-yil 22-sentyabr kuni Qashqardaryo viloyati EMMXda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Qashqardaryo viloyati Adliya Boshqarmasi katta maslahatchisi Raxmonov Ramziddin Abduxalilovich tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi.
Mazkur davra suhbatida xodimlarga korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uning bugungi kundagi o‘rni haqidagi masalalar yoritib berildi.