EMMM yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish: Qonun ustuvorligi va jamoatchilik nazorati – taraqqiyot kafolati

Joriy yilning 26-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga bag‘ishlangan navbatdagi texnik o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini so‘zsiz ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

photo2026-10-2816-57-03.jpg

Bugungi kunda korrupsiya nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki jamiyatdagi adolat mezonlariga ham jiddiy putur yetkazadigan muammo hisoblanadi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, birgina 2025-yilning o‘zida respublika miqyosida korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, ularning faoliyati oqibatida davlat manfaatlariga 2,9 trillion so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan. Bu kabi raqamlar ushbu illatga qarshi kurashish naqadar dolzarb ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Shu bois, har bir tashkilotda sog‘lom muhitni yaratish asosiy vazifadir. Seminarda ta’kidlanganidek, bu faqatgina nazorat organlarining ishi emas, balki har bir xodimning qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga bog‘liq. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Ochiqlik indeksi baholashlari, shuningdek, davlat xaridlarining raqamlashtirilishi sohadagi suiste’molliklarning oldini olishda muhim mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda.

photo2026-10-2816-57-08.jpg

Tahkilotimiz jamoasi bundan buyon ham xizmat vazifalarini bajarishda halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shib boradi. Zero, korrupsiyasiz jamiyat – barqaror taraqqiyot va farovon kelajakning mustahkam poydevoridir. Qonun ustuvorligi va jamoatchilik nazorati – taraqqiyot kafolati to‘g‘risida – mazkur texnik o‘quv mashg‘ulotida urg‘u berildi va mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar haqida so‘zlab o‘tildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1-toifali muhandisi  M.Dlekeev

Faylni tanlang