"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashishda “komplayens-nazorat” tizimi

Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida xodimlarni korrupsiyaga qarshi madaniyati va bilimini muntazam oshirib borish, mamlakatimizni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqish hamda huquqiy bilimlarni yanada oshirish maqsadida 2023- yil 6-iyul kuni navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida Xizmat muhandisi A.Narziyev tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda “komplayens-nazorat” tizimi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

cmc5.png

Unda komplayens-nazorat tizimi va Korrupsiyaga qarshi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlari mazmun - mohiyati tushuntirildi. O‘quv mashg‘uloti munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Tayyorlandi: Navoiy viloyati EMMX muhandisi A.Narziyev.

 

Faylni tanlang