"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 22-avgust kuni Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Biz korrupsiyaga murosasiz munosabatdamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘yicha bosh maslahatchisi Sh.O‘.Jangiboyev ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

photo2025-08-2217-44-56.jpg

Suhbat davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, davlat xizmatchilarining kasbiy odob-axloq normalari hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

photo2025-08-2217-45-01.jpg

Tadbir interaktiv tarzda tashkil etilib, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yakunda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarbligi, bu borada har bir fuqaroning mas’uliyati va faolligini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi     X.A.Israilov

Faylni tanlang