2024-yil 25-noyabr kuni Fargʻona viloyati EMMX xodimlari hamda Farg‘ona viloyati Yuridik texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari 2-darajali yurist I.R.Ubaydullayev ishtirokida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tanishtirib oʻtildi.
Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX muhandisi Muydinov S.