Korxonamizning Kosonsoy tumanidagi obyektida Kosonsoy tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda elektr qurilmalari navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazildi.
Olib borilgan o‘lchov ishlari davomida, odamlarni elektr toki urishidan himoya qilish maqsadida mavjud transformator podstansiyasida nollashtirish, yerlantirish va himoya o‘chirgichi ko‘rsatgichlarining me’yor darajalari o‘rganildi.
Bunday holda, eng maqbul variant transformator podstansiyasini yerlantirish hisoblanadi.
Elektr apparatlar, elektr mashinalar va boshqa jihozlarni yerga ulagichlar vositasida amalga oshiriladi hamda yerga tutashtiriladi. Yerga ulagich yerga koʻmiladigan metall (poʻlat, mis) elektrod va qurilmalarning yerga ulanadigan qismlarini elektrod bilan biriktiradigan oʻtkazgichdan iborat bo‘ladi.
Ushbu yerlantirish elektr qurilmalarini elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi.
Xizmatimizning hududlardagi obyektlarida ham, har yili reja asosida yuqoridagi usullardan foydalangan holda oʻlchov ishlari bajarib kelinmoqda.
O‘lchov natijalariga ko‘ra, Kosonsoy tumanida joylashgan obyektimizdagi barcha elektr qurilmalarning elektr ko‘rsatgichlari me’yor darajasida ekanligi Kosonsoy tumani elektr ta’minoti xodimi tomonidan qayd etildi.
Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Sh.A.Matisakov