"EMMM" DUK yangiliklari

GSM repitorlar to‘g‘risida qisqacha

Ohirgi yillarda yurtimizda barcha sohalar kabi telekommunikatsiya sohasi ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa Yurtboshimizning alohida e’tibori tufayli sohani strategik rivojlantirish bo‘yicha telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarga bir qator huquqiy asoslar, imtiyozlar yaratilib kelinmoqda. Pirovard maqsad, yurtimizning eng olis hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarimiz ham emin erkin aloqa va internet tarmog‘i orqali davlat xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash.

Bu borada telekommunikatsiya mobil operatorlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.Olis aholi yashash maskanlarida, avtomagistral yo‘llarida yangi tayanch stansiyalar o‘rnatilib mavjudlari zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Ammo, bu ishlar hozircha yetarli bo‘lmayapti, aholi va biznesning talabi juda yuqori.

Bunday sharoitda chekka hududlardagi foydalanuvchilar mobil qamrovni yaxshilash maqsadida har-xil signal kuchaytirgich, repiterlardan bilib-bilmay foydalanishmoqda.

 

Ushbu repiterlarning asosiy vazifasi mobil qamrov yetarli bo‘lmagan joylarda, yerto‘lalarda kichik hududda cheklangan mijozlarga mobil qamrovni yaxshilash bo‘lib hisoblanadi. Shuning bilan birga, bu qurilmalarga texnik jihatdan tegishli talablar qo‘yilgan bo‘lib, qurilma mobil operator tayanch stansiyasiga va boshqa mijozlarga radioxalaqit ta’siri ko‘rsatmagan holda foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Afsuski, bugungi kunda ayrim fuqarolarimiz tomonidan sifatsiz repiter qurilmalarini foydalanishi natijasida mobil operator tayanch stansiyasiga repiterning nojo‘ya radioxira ta’siri kuzatilib shu hududdagi aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yomonlashtirmoqda.

 

Bunday holatlar tegishli tartibda mobil aloqa operatorlarining murojaati bo‘yicha o‘rganib chiqilmoqda, foydalanuvchilarga tegishli tushuntirish ishlari olib borilib, sifatsiz kuchaytirgich qurilmalaridan foydalanish, profilaktika inspektorlari yordamida tashkil qilinadigan hamkorlikdagi tadbirlar davomida to‘xtatilmoqda.

 

Shu o‘rinda foydalanuvchilardan bunday holatlarga tushib qolmasliklari uchun, vaqtingiz va pulingizni behuda yo‘qotmaslik uchun faqat tegishli sifat sertifikatiga ega qurilmalardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar bilan “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKsi va uning viloyatlardagi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

QR EMMX boshlig‘i
I.Reimov

Faylni tanlang