"EMMM" DUK yangiliklari

“Saylovoldi referendum 2022” mavzusida davra suhbati.

2022-yilning 13-sentabr kuni Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazining katta majlislar zalida Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Namangan viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Saylovoldi referendum 2022” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi direktori Mavludaxon Jurabayeva ochib berar ekanlar, ular yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy jarayonlar, amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.


 

Shundan so‘ng so‘z navbati Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati radiooperatori, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi Oybek Tursunovga hamda Namangan viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi katta inspektori podpolkovnik To‘xtamurod Abubakirovlarga berildi.

So‘zga taklif etilganlar, davra suhbati ishtirokchilariga referendum va unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, kutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar. Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan bir qator savollarga o‘rinli asoslar bilan javoblar berildi.

Davra suhbatimiz so‘ngida Namangan viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi katta inspektori To‘xtamurod Abubakirov so‘zga chiqib yaqinlashayotgan referendumni ko‘tarinki ruhda, tinchlik-osoyishtalikda o‘tkazib olishimizni, jamiyatmiz va xalqimizning farovonligini saqlashda yelkadosh bo‘lishimizga chaqirdi.


 


 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX radiooperatori - B.Aliyev

Faylni tanlang