"EMMM" DUK yangiliklari

SURXONDARYO AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMIDA MAHORAT DARSI

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joylashgan Surxondaryo Axborot texnologiyalari texnikumining yosh o‘quvchi va talabalariga Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan mahorat darsi tashkil qilindi.


 


 

Ushbu mahorat darsini talaba va o‘quvchilarga yetkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda aloqa va axborot texnologiyalari sohasining jadal rivojlanib borayotganligi, bu esa davlatimiz rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shayotganligi hisoblanadi.

Dars davomida o‘quvchi va talabalarga radioaloqa va radioto‘lqinlarning tarqalishi haqida nazariy ma’lumotlar berildi, hamda Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatining ish faoliyati va asosiy vazifalari haqida prezentatsiya ko‘rinishida tushunchalar berib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan olib borilgan dars mashg‘uloti va zamonaviy uskunalar haqidagi ma’lumotlar talaba va o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular tomonidan juda ko‘plab savollar berildi va ushbu savollarga to‘liq javoblar olishdi.

O‘quvchi va talabalar tomonidan ushbu dars mashg‘uloti juda qiziqarli ruhda o‘tganligi ta’kidlandi va ushbu mahorat darsi uchun Surxondaryo viloyati EMMX xodimlariga o‘zlarining minnatdorchiligini bildirib o‘tishdi.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandisi Nabiyev S.S.

Faylni tanlang