"EMMM" DUK yangiliklari

Akademik Musaxanov M.M. maruzasi

18 oktyabr 2017 yil TRNS hududida, EMMM hodimlari va amaliyot o‘tayatgan ishchilar uchun akademik Musaxanov M.M. tomonlama “Elementar zarralar fizikasi. Standart modeli” mavzusida maruza o‘qildi. Ushbu ma’ruzada elementar zarralarga ta’rif berildi va ushbu yo‘nalishda qilingan kashfiyotlar va AKT sohasida ushbu yangiliklarni qo‘llanishi aytib o‘tildi. Hususan, Elementar zarralar fizikasi diganda ko‘pincha yuqori quvvatdagi fizika tushuniladi yoki subyader fizikasi deb ham ataladi. Ushbu fizika bo‘limi, elementar zarralarning tuzulishi va hossalarini va o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Ushbu izlanishlar zarralarni harakati va tashqi ta’sir natijalari va ushbu ma’lumotga tayanib kelajakdagi holatni tahmin qilishga yordam beradi. Hozirda “Maydonning kvant nazariya” si ushbu izlanishlarda asos bo‘lib hizmat qiladi. Ushbu nazariyada istalgan zarralar kvant quvvatini ishlab chiqarish hussusiyatiga ega deb hisoblanadi. Har bir zarraning o‘ziga hos kvant maydoniga ega va ularga tegishli maydonlar o‘zaro ta’sir qilib bir birini hossalariga ega bo‘lishi mumkun.

Ushbu maruza hodimlarda Elementar zarralar fizikasiga juda katta qiziqish uyg‘otti va akademik Musaxanov M.M. ga o‘zini qiziqtirgan sovollarini berishdi.

Muallif RTMB muxandisi - Ishanhodjaev O.

Faylni tanlang