IoT (Internet of Things) (buyumlar interneti) atamasi bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilish uchun tarmoqqa kirishni ta’minlaydigan turli qurilmalarni anglatadi. Masalan, aqlli rozetka, buyum internetga ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun ulanmaydi u internetdan uning egasi yuboradigan buyruqlarni oladi. Shuning uchun ham u buyumlar interneti deyiladi. Manashu internet orqali boshqaruvni ta’minlab beruvchi modulyatsiya va demodulyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan fizik texnologiya LoRa hisoblanadi. LoRa kam energiya sarflash orqali qurilmalar o‘rtasidagi uzoq masofada aloqani ta’minlaydi. Tizimda yuqori o‘tkazish qobiliyati va shovqinbardoshlikni oshirishda Chirp Spread Spectrum (CSS) chastota modulyatsiyasi ishlatilib u chastotani uzluksiz o‘zgartirib turadi va FEC qo‘llanilgan.
LoRaWAN LoRa texnologiyasiga asoslangan tarmoq protokolidir. U oxirgi qurilmalar va dastur serverlari o‘rtasidagi aloqani boshqaradi. LoRaWAN funksionallikning yuqori darajalarini, shu jumladan autentifikatsiya, xavfsizlik va ko‘p sonli oxirgi qurilmalarni ulash imkoniyatini ta’minlaydi. LoRaWAN tarmoq protokoli Semtech Corporation tomonidan 2015-yilda IBM Research ko‘magida ishlab chiqilgan. Texnologiya uyali aloqa va Wi-Fi tarmog‘idan ancha ustunlikka ega u 50 km-gacha bo‘lgan masofada sanoat miqyosida mashinalararo barqaror kommunikatsiyalarni ta’minlaydi. Bunda ulanish tezligi 0,3-50 kb/s yetishi mumkin.
Mesh texnologiya
Mavjud tarmoqlarning aksariyati mesh texnologiyadan foydalanadi, ya’ni uyali topologiya. Ish stansiyalari bir-biriga ulanadigan va qolgan ishtirokchilar uchun kommutator rolini bajaradigan kompyuter tarmoq topologiyasi. Bu yerda signal bosqichma-bosqich bir tugundan ikkinchisiga uzatiladi.
Har bir shlyuz o‘z navbatida internet orqali ma’lumotlarni bulutli serverga yuboradi. Server tarmoqning ishlashini nazorat qiladi, keraksiz ma’lumotlar paketlarini olib tashlaydi, xavfsizlikni tekshiradi, ma’lumotlarni uzatish tezligini boshqaradi.

LoRaWAN strukturasi

Protokol markaziy server tomonidan boshqariladi, u shlyuzlar orqali ma’lumotlar paketlarini uzellarga yo‘naltiradi. Bunda har bir bo‘lakda ma’lumotlarni uzatish tezligi alohida-alohida tartibga solinadi. Axborot har bir uzel uchun noyob bo‘lgan 32 bitli tarmoq manzili bo‘yicha yuboriladi.
LoRa shlyuzini o‘tkazish sig‘imi, 1 ta shlyuz 1 kunda 1,5 mln paketni o‘tkaza oladi.
Agar bitta mijoz ilovasi 1 soatda 1 ta paket jo‘natsa, u xolda 1 shlyuz 62 500 ta oxirgi qurilmaga xizmat ko‘rsatadi.
LoRaWAN boshqa texnologiyalardan farqli jihati:
-ma’lumotlarni uzatishning kerakli tezligini belgilaydi;
-uzatgichning quvvatini tartibga soladi;
-batareyalar zaryadi darajasini nazorat qiladi;
-ma’lumotlarni uzatish kanallarini tanlaydi;
-ma’lumotlarni uzatish vaqtining davomiyligini nazorat qiladi;
-ma’lumotlarni uzoq masofaga yetkazilishini ta’minlaydi.
RChRKning 2019-yil 30-dekabrdagi 521-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida LPWAN texnologiyasi standartlariga asoslangan tor polosali simsiz aloqa tarmoqlari uskunalaridan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish uchun 863–870 MHz va 922–928 MHz radiochastota diapazonlari ikkilamchi asosda ajratilgan. Ushbu uskunalarning O‘zbekistonga olib kirilishi, sotilishi va foydalanilishi har bir aniq turdagi radioelektron vosita (REV) uchun alohida RChRK qarorini rasmiylashtirmagan holda amalga oshiriladi. LPWAN texnologiyasiga oid abonent (oxirgi) qurilmalar va bazaviy stansiyalarning maksimal uzatish quvvati 25 mVt dan oshmasligi lozim. Shuningdek, abonent qurilmalarida halaqitlarni kamaytirishning ish siklini cheklash, uzatishdan oldin eshitish rejimi kabi usullar qo‘llanilishi shart. LPWAN texnologiyasi standartlariga asoslangan tor polosali simsiz aloqa tarmoqlari uchun bazaviy stansiyalardan foydalanish ruxsatnomalarini rasmiylashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga abonent qurilmalarini olib kirish ruxsatnomalarini rasmiylashtirish belgilangan tartibda “EMMM” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
RTMHX muhandisi
Inagamova N.S.