"EMMM" DUK yangiliklari

Sportni sev, sport bilan yasha!

So‘ngi yillarda jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda rivojlantirish ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Respublikamizda sportning salohiyati oshayotgani, joylarda jahon andozalariga mos muhtasham sport majmualari, zamonaviy stadion va kortlar barpo etilayotgani alohida maqtovga sazovordir.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 15-yanvardagi 23-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2022-yil 16-fevraldagi 40-son buyrug‘i qabul qilingan. Mazkur buyruq asosida Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

 

Bundan tashqari Davlat organlari xodimlarining, ularning oila a’zolarining muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi aholining keng qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning samarali vositasidir.

 

 

 

Chora-tadbirlar rejasiga asosan, xizmatimiz ishchilari va ularning farzandlari o‘rtasida sport turining shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

 

 

Barcha ishtirokchilar musobaqalarda faol ishtirok etdilar. G‘oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechib, g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX radiooperatori M.U. Axmedov

 

Faylni tanlang