"EMMM" DUK yangiliklari

Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda hodim o‘zini qanday tutishi yoki uni oldini olish

Ma’lumki O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunida manfaatlar to'qnashuvi tushunchasi belgilangan. Ushbu Qonunga muvofiq manfaatlar to'qnashuvi deganda shaxsiy manfaatlar (to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita) shaxsning rasmiy yoki xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishiga ta'sir qiladigan yoki ta'sir qilishi mumkin bo'lgan va shaxsiy manfaatlar va fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o'rtasida ziddiyat kelib chiqadigan yoki yuzaga keladigan vaziyat tushuniladi.

Farg‘ona viloyati EMM xizmatida “Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda hodim o‘zini qanday tutishi yoki uni oldini olish” yuzasidan joriy yilning 20 sentyabr kuni xizmat boshlig‘i N.Turgunov tomonidan navbatdagi tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida N.Turgunov agar manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelsa yoki davlat organlarining xodimlari korrupsion huquqbuzarliklarni sodir etishga undash maqsadida har qanday shaxslar tomonidan ular bilan bog'lanish holatlari to'g'risida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan bunday huquqbuzarliklar to'g'risida har bir injener-texnik hodim darhol bevosita rahbarga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek Farg‘ona viloyati EMMX ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mas’ul A.Karimov manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi to'g'risida yoki qarama-qarshiliklar mavjudligi to'g'risida ma'lumot olgan rahbar uni oldini olish yoki hal qilish uchun o'z vaqtida choralar ko'rishi shartligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish uchun barcha davlat organlari javobgardirlar.

 

Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi

A.Karimov

Faylni tanlang