"EMMM" DUK yangiliklari

Marg‘ilon shahrida tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazildi

So‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya qilmaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Ushbu holatlarni kamaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Marg‘ilon shaxar IIB XPB, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy shoʻbasi va Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2023-yil 24-iyul kuni Marg‘ilon shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqarolar Dadaboev Xamidullo Oqiljanovich, Gaziyev Otabek Raxmonovich, Xamidov Baxodir Saibovich tomonidan 11 dona radiostansiyalar “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasidan tegishli ruxsatnomalar olmasdan noqonuniy ravishda foydalanilayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha radiostansiyalar IIB xodimlari tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilgan holda musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqarolar X. Dadaboev, O. Gaziyev hamda B.Xamidov larga nisbatan Farg‘ona viloyati “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sadixanov Sh.I.

Faylni tanlang