"EMMM" DUK yangiliklari

O‘z kasbini ustasi

 Xodimlarni doimiy ravishda kasb maxoratini oshirib borish korxonaning salohiyatini belgilovchi omillardan biri. Shu sababli korxonamizda masofaviy o‘qitish tizimi bilan bir qatorda an’anaviy usulda ham mashg‘ulotlar olib borish odatga aylangan.

Radiomonitoring tizimi va uni tashkil etuvchi qurilmalari, hamda ularning keng imkoniyatlaridan foydalanishda texnik va muhandis xodimlar o‘zaro tajriba almashib kelmoqda. Ayni vaqtda yangi uslubda avtomatik radiomonitoring o‘lchash ishlari amalga oshirish bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Bunday amaliyotga “EMMM” DUKning viloyat xizmatlari xodimlari ham jalb etilgan.

Bu turdagi mashg‘ulotlarni olib borishda o‘zining bilim mahoratlarini kasbdoshlari va shogirdlariga ulashib kelayotgan Abdurasul Ismoilov ko‘p yillik ish stajiga ega.

U doim o‘z ustida ishlab, olgan bilimlarini kasbdoshlari va shogirdlarga o‘rgatishda davom etmoqda. Mazkur treningdan olingan bilimlar o‘z ijobiy natijasini RChS monitoringini samarali amalga oshirishda yordam beradi.

Faylni tanlang