Soha yangiliklari

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Mastercard kompaniyasining Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi bo‘yicha prezidenti Dimitrios Dozis boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

slider

Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Mastercard kompaniyasining Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi bo‘yicha prezidenti Dimitrios Dozis boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar raqamlashtirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda IT-autsorsing markazlari, BPO va KPO sohalarini yanada rivojlantirishda hamkorlikni muhokama qildilar.

Shuningdek, Mastercard O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish rejasini e’lon qildi, bu ularning mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qiziqishini ifodalaydi.

Uchrashuvda ikkala tomon ham mamlakatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun qulay ekotizim yaratish orqali hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bu sarmoyaviy va texnik ekspertizalarni jalb etish, iqtisodiyotni yuksaltirish va fuqarolarning turmush darajasini oshirish imkonini beradi.

O‘zbekistonda Mastercard vakolatxonasining ochilishi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kompaniya xizmatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu mahalliy biznes va davlat organlari bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro miqyosda raqamli iqtisodiyot markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Faylni tanlang