O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni уuqоri saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari rejasi va “EMMM” DUKning 2024-yil 27-sentabrdagi 20-F-sonli farmoyishiga asoan, Navoiy viloyati EMMXda “Keksalarga hurmat - yoshlarga ibrat” degan bosh g‘oyaga tayanib joriy yilning noyabr oyida uzoq yillar sohada faoliyat yuritgan va hozirda nafaqada bo‘lgan bir guruh mehnat faxriylari holidan xabar olinib, keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.
Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilatdir. Haftalik mobaynida nuroniylar bilan uchrashib, ularni bosib o‘tgan mashaqqatli umr yo‘llari va mehnat faoliyatlari haqida suhbatlashildi. O‘z navbatida faxriylar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodga kerakli maslahat va tavsiyalr berdilar.
Taʼkidlash lozimki, keksalar mehnatini qadrlash, ularga mehr-oqibat ko‘rsatish Navoiy viloyati EMMX faoliyatida alohida o‘rin tutadi.
Mehnat faxriylari bugungi osoyishta kunlar uchun shukronalar aytishdi hamda ularga hamisha shunday yuksak ehtirom va alohida hurmat ko‘rsatib kelayotgan korxonaga muvaffaqiyatlar tilab, minnatdorlik bildirishdi.
Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX muhandisi M.To‘raqulov