"EMMM" DUK yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar

So‘nggi yillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan  keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan mahalliy va xalqaro turistlar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtomobil yo‘llari va diqqatga sazovor bo‘lgan obyektlarda mobil aloqa qamrovini yaxshilashga ham katta e‘tibor qaratilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moshlashuv xizmati mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat va xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari, shuningdek turistik va rekreatsion maskanlarida radiomonitoring ishlari olib borilmoqda.

Ushbu bajarilayotgan ishlarning barchasi, ya’ni turistik salohiyatga ega bo‘lgan obektlarning mobil aloqa qamrovi holatiga baho berish, keyinchalik ushbu maskanlarning  yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash va natijada zamonaviy interaktiv xizmatlarining joriy etilishiga olib keladi.

Qashqadaryo viloyati
EMM xizmati tizim muhandisi
A. Qudratov

Faylni tanlang