"EMMM" DUK yangiliklari

Mobil aloqa repitorlaridan hosil bo‘layotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar

Bugunga kelib aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrab olish sohasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shunga qaramasdan mahallalarda, signal darajasi yetarli bo‘lmagan joylarda fuqarolar tomonidan kam quvvatli ko‘chaytirgichlarni (repiterlarni) o‘rnatilishi ortib bormoqda.

Birgina misol, joriy yil davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha “EMMM” DUKga radioxalaqitlarni ko‘rib chiqish va bartaraf etish yuzasidan mobil aloqa operatorlar tomonidan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlar tahlil qilinganda radioxalaqitlar asosan mobil aloqa operatorlari tarmog‘iga repitorlarning salbiy ta’siri ekanligi qayd etilgan.

Ushu salbiy holatlarning yuzaga kelishiga asosiy sabab repitor qurilmalari texnik jihatdan sifatsiz ekanligi va ular yetarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan o‘rnatilganligidir.

Shunday qurilmalardan foydalanishni cheklash uchun RChRKning
707-son qarori qabul qilingan.

Ayni vaqtda ushbu salbiy holatlarni yanada kengayib ketishini oldini olishda qo‘yidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:

- ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga repitorlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlarini doimiy olib borish;

- Davlat Bojxona qo‘mitasi va Davlat Soliq qo‘mitasi xodimlariga repitorlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini va o‘quv seminarlarini tashkil etish;

- RChRKning 707-son qaroriga muvofiq ishlarni tashkillashtirish va nazoratga olish;

- mobil aloqa operatorlari tomonidan radioxalaqitlarni bartaraf etish bo‘yicha kelib tushayotgan shikoyatlar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda tarmoqlarni o‘z vaqtida optimizatsiya qilish yoki qo‘shimcha ravishda mobil aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatish ishlarini amalga oshirish.

 

 

Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati

Faylni tanlang