"EMMM" DUK yangiliklari

“Huquqiy savodxonlik oyligi”

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” qabul qilingan bo‘lib, aholi barcha qatlamlarining huquqiy savodxonligiga erishish, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi sifatida belgilangan.

 

Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilmoqda. Soha xodimlarining mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida 20-iyun-20-iyul kunlari “Huquqiy savodxonlik oyligi” deb e’lon qilindi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

 

Faylni tanlang